Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Umumiy yo'l qayerdan boshlanadi va protrombinaza kompleksi qanday hosil bo'ladi?
Trombin koagulyatsiyaning oxirgi bosqichida qanday ikki vazifani bajaradi?
K vitamini qon ivishida qanday mexanizm orqali ishtirok etadi va nima uchun varfarin qon ivishini kamaytiradi?
Qon ivish faktorlari asosan qayerda sintezlanadi va kalsiy (IV faktor) qanday rol o'ynaydi?
Fibrinoliz nima va nima uchun u organizm uchun zarur?
Fibrinolizning markazida qaysi ferment turadi va u qanday faollashadi?
Antitrombin III qanday ishlaydi va geparin uning ta'sirini qanday o'zgartiradi?
Plazminogenni faollovchi aktivatorlar va fibrinolizni tormozlovchi ingibitorlarni tushuntiring.
Birlamchi va ikkilamchi gemostaz buzilishlarining klinik ko'rinishi nima uchun bir-biridan farq qiladi? Petexiya va gemartrozni misol bilan tushuntiring.
Nima uchun gemostazni alohida bo'g'inlar yig'indisi emas, yagona muvozanatli tizim sifatida tushunish kerak? DVS-sindrom misolida izohlang.
Katta va kichik qon aylanish doiralarining vazifalarini tavsiflab bering.
Yurakdagi klapanlarning asosiy vazifasi nima va ular qanday turlarga bo'linadi?
Yurak devorining uch qatlamini tashqi tomondan ichkariga qarab sanab, ularning qisqacha vazifasini yozing.
Nima uchun chap qorincha devori o'ng qorincha devoridan qalinroq bo'lishini tushuntiring.
O'pka arteriyalari va o'pka venalarida qanday qon oqadi va bu nima uchun boshqa arteriya-venalardan farq qiladi?
Interkalyar disklar va neksuslar miokardning yagona funktsional birlik (sinsitiy) bo'lib ishlashini qanday ta'minlaydi? Batafsil tushuntiring.
Qisqaruvchi kardiomiotsitning tinchlik potentsiali qanchaga teng va u qaysi fazaga to'g'ri keladi?
Qo'zg'alish potentsialining 0-fazasida qanday jarayon sodir bo'ladi?
Qo'zg'alish potentsialining plato (2-faza) fazasi qanday ion oqimlari hisobiga yuzaga keladi va u qancha davom etadi?
Repolarizatsiya (3-faza) qanday kechishini va membrana potentsiali qanday o'zgarishini yozing.