Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Self-etch adgezivlarga qaysi avlodlar kiradi va ularning asosiy g'oyasi nima?
To'rtinchi va beshinchi avlod tizimlarini taqqoslang: bosqichlari va nazorat darajasi bo'yicha farqi nimada?
Klinik holatga qarab etch-and-rinse va self-etch strategiyalarini qanday tanlaysiz? Har birining afzalligi va zaif tomonini ko'rsating.
Self-etch va total-etch da demineralizatsiya chuqurligi qanday farq qiladi va bu farq gibrid qatlam sifatiga qanday ta'sir qiladi? Chuqur tahlil qiling.
Kompozitning uch asosiy komponentini sanab, har birining vazifasini qisqa yozing.
Kimyoviy qotuvchi (self-cure) kompozitda polimerlanish qanday boshlanadi? Ikki pasta tizimini tushuntiring.
BisGMA va TEGDMA monomerlarini qovushqoqligi va tuzilishi bo'yicha taqqoslang. Nima uchun ikkisi birga ishlatiladi?
Kimyoviy qotuvchi kompozit qaysi klinik holatlarda afzal ko'riladi va nima uchun? Uning kamchiliklarini ham yozing.
Chuqur bo'shliqda shisha-ionomer sement astari qo'yiladi, plomba esa oxirida silliqlanadi va yaltiratiladi. Shisha-ionomer sementning ikki afzalligini hamda silliqlashning ikki maqsadini tushuntiring va ikkalasi ham nima uchun plomba umrini uzaytirishini asoslang.
Adgeziv chegara vaqt o'tishi bilan nima uchun zaiflashadi? Ikki asosiy mexanizmni tushuntiring va amaliy xulosa chiqaring.
"Kompozit" atamasining ma'nosini tushuntiring va zamonaviy restavratsion kompozit qaysi uch qismdan tashkil topganini yozing.
1962-yilda Rafael Bouen (R. L. Bowen) nima yaratdi va u qaysi ikki muammoni bir yo'la hal qildi?
Nima uchun plombaga qo'yiladigan talablarni bitta "ideal" material bajara olmaydi? Kamida ikki zid juftlikni ko'rsating.
Nima uchun kompozitni umumiy tarzda "yaxshi" yoki "yomon" deb baholab bo'lmaydi? Misol bilan izohlang.
Kompozit tabiatdagi suyak tuzilishiga qanday tamoyil bo'yicha o'xshaydi? Bu o'xshashlikni kompozitning uch fazasi bilan bog'lab, materialning "muhandislik yechimi" ekanini asoslang.
Organik matritsaning kompozitdagi vazifalarini yozing va uning asosini qaysi monomerlar tashkil qilishini sanang.
Kompozitda to'ldiruvchi va smola monomerlarining massaga nisbatan ulushini yozing va bundan qanday xulosa kelib chiqadi?
Silan biriktiruvchi agentiga ta'rif bering: u qanday molekula va stomatologiyada eng ko'p qaysi silan ishlatiladi?
Bis-GMA va TEGDMA monomerlarini taqqoslang: har birining afzalligi va kamchiligi nimada, nima uchun ikkisi birga ishlatiladi?
Silan kompozitning mexanik xususiyatlarini qanday oshiradi? Chaynash bosimi ostidagi kuch uzatilishini tushuntiring.