Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
To'ldiruvchi ulushini og'irlik bo'yicha o'lchash nima uchun chalg'itishi mumkin? Silan bog'lanishining nam muhitdagi taqdiri bilan birga tushuntirib, kompozit sifati nima uchun "statik son emas" ekanini asoslang.
Makrofil va mikrofil kompozitlarni zarracha hajmi, kuchli va zaif tomonlari bo'yicha taqqoslang.
Gibrid va mikrogibrid kompozitlar qanday muammoni yechish uchun yaratilgan va ularning zarracha hajmi qanday?
Nega yirik zarracha plomba yuzasini g'adir-budir qiladi? Pardozlash jarayoni bilan bog'lab tushuntiring.
Nano-gibrid va nanofil kompozitlarning zarracha o'lchamlarini yozing va nano zarrachalarning afzalligini tushuntiring.
Nima uchun barcha kompozitni nanofilga aylantirib qo'yib bo'lmaydi? Fizik chegarani tushuntiring.
Lyuts-Fillips (1983) va Makeyeva tasniflarini yozing va nima uchun ikkala tasnif ham "bitta oddiy o'qni turli tomondan ko'rsatadi" degan fikrni asoslang.
Kompozitning qotishi nima? Radikalli polimerizatsiya jarayonini tushuntiring.
Kamforxinon nima, uning yutilish maksimumi qaysi to'lqin uzunlikda va bu nimani belgilaydi?
Qotish chuqurligi (depth of cure) nima? "Bulk-fill" kompozitlar va oddiy kompozitlar uchun qalinlik ko'rsatkichlarini yozing.
Kamforxinon yakka holda radikal hosil qila oladimi? Ko'k nurdan erkin radikalgacha bo'lgan zanjirni bosqichma-bosqich yozing.
Konversiya darajasi nima, u qanday qiymatga yetadi va past konversiyaning oqibatlari nimada?
Kimyoviy qotuvchi kompozitda radikallar qanday hosil bo'ladi? Ikki pasta tizimini va aralashtirish nisbatini yozing.
Nima uchun bugungi kunda nur bilan qotuvchi kompozitlar afzal ko'riladi? Ikki asosiy afzallikni tushuntiring.
Qatlamlab qo'yishning ikki sababini tushuntiring va bu qoidaga rioya qilinmasa oqibati nima bo'lishini asoslang.
Radikalli zanjir reaksiyasi nima uchun shunchalik tez kechadi va bu tezlikning "teskari tomoni" nima? Amaliy xulosani asoslang.
ISO 4049 standarti nimani belgilaydi? U tekshiradigan ko'rsatkichlarni sanab bering.
ISO 4049 talablari orasidagi eng muhim ikki ko'rsatkichni nomlang va nima uchun ular materialning umrini belgilashini tushuntiring.
Klinik holatga qarab kompozitni qanday tanlaysiz? Old va chaynov tishlari uchun tanlovni asoslang.
ISO 4049 dagi egilishga qarshilik va suv so'rilishi ko'rsatkichlarini kompozitning uch fazasi bilan bog'lang. Nima uchun "standartdagi raqamlar havodan olinmagan"?