Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Normal sinus ritmida impuls yurak bo'ylab qanday yo'ldan tarqaladi? Bosqichlarni ketma-ket tasvirlab bering.
Bradiaritmiya va taxiaritmiya tushunchalarini yurak urishi tezligi orqali ta'riflang.
Nima uchun butun yurak aynan SA tugun tezligida uradi? Avtomatizm tushunchasi orqali tushuntiring.
Re-entri mexanizmi qanday shartlar bilan yuzaga keladi va nima uchun u SA tugundan mustaqil ishlaydi?
Taxiaritmiyani ajratishda avtomatizm va re-entri mexanizmlari orasidagi farq davolashga qanday ta'sir qiladi? Misollar bilan izohlang.
Sinus taxikardiyasining EKG belgilarini sanab bering va nima uchun bu belgilar saqlanib qolishini tushuntiring.
Qorincha ekstrasistolasida QRS kompleksi nima uchun 120 millisekunddan ortiq cho'ziladi?
Bigeminiya va trigeminiya nima? Ularni bir-biridan qanday farqlaysiz?
Bo'lmacha ekstrasistolasi qorincha ekstrasistolasidan EKG da nimasi bilan farq qiladi? Sababini tushuntiring.
Septik yoki qon yo'qotgan bemorda sinus taxikardiyasini ko'rgan shifokor nima uchun darhol beta-blokator bermasligi kerak? Davolash tamoyilini asoslang.
Supraventrikulyar taxikardiyaning (SVT) asosiy EKG belgilarini ta'riflang.
WPW sindromida delta to'lqini nima va u EKG da qanday belgilar bilan namoyon bo'ladi?
AVNRT da re-entri halqasi qanday hosil bo'ladi va nima uchun P to'lqini QRS ichida yashirinadi?
Barqaror SVT bemorida davolash bosqichlarini ketma-ket tavsiflab bering va har birining mexanizmini tushuntiring.
Nima uchun WPW sindromli bemor bo'lmacha fibrillyatsiyasiga tushganda to'satdan yurak o'limiga moyil bo'ladi?
Bo'lmacha titrashining tipik EKG belgilarini va bo'lmacha hamda qorincha tezliklarini tavsiflang.
Bo'lmacha fibrillyatsiyasining EKG da uch xarakterli belgisini sanab bering.
Nima uchun bo'lmacha fibrillyatsiyasi insult xavfini oshiradi? Mexanizmni tushuntiring.
Bo'lmacha fibrillyatsiyasini davom etish muddatiga qarab qanday bosqichlarga ajratamiz? Har birini ta'riflang.
Bo'lmacha fibrillyatsiyasi davolashida tezlik nazorati, ritm nazorati va antikoagulyatsiya qanday munosabatda? Nima uchun antikoagulyatsiya alohida hal qilinadi?