Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Qon glyukozasi muvozanatini boshqaruvchi gormonlarni sanab bering va ularning mantig'ini izohlang. Diabetda nima buziladi?
Lipogenez va lipolizni qiyoslang. Ular uglevod va yog' almashinuvini qanday bog'laydi?
Lipoproteinlar tuzilishini va sinflarini tavsiflang. ZPLP va ZYULP ning yo'nalishi hamda klinik mazmunini ko'rsating.
Nima uchun uzoq ochlikda miya keton tanachalariga o'tadi? Yog' kislotalari nima uchun bu vazifani bajara olmaydi va ketoatsidoz qanday yuzaga keladi?
Jigar qaysi plazma oqsillarini sintez qiladi? Albuminning ikki vazifasini va sintez tezligini keltiring.
Transaminatsiya nima? ALT reaksiyasini yozing va nima uchun ALT jigar shikastlanishining sezgir belgisi ekanini asoslang.
Mochevina siklini tavsiflang: nima uchun kerak, qayerda kechadi va kalit bosqichlari qanday?
Jigar yetishmovchiligida ammiak nima uchun to'planadi va u miyaga qanday ta'sir qiladi?
Aflatoksin misolida kimyoviy kantserogenez mexanizmini tushuntiring. Bu yerdagi paradoks nimada va profilaktika qanday?
Onkotik bosim nima va albumin kamayganda qanday klinik oqibatlar yuzaga keladi? Nima uchun jigar yetishmovchiligi bir vaqtda ko'p tizimni izdan chiqaradi?
Fermentga va katalizatorga ta'rif bering. Fermentlarning kimyoviy tabiati qanday?
Substrat va faol markaz nima? Faol markazning tuzilishini tavsiflang.
Kofaktor, apoferment va golofermentga ta'rif bering va ularning munosabatini ko'rsating.
Kofaktorlarning ikki turini tavsiflang va ularning ish printsipini ko'rsating.
Kofermentlar va vitaminlar o'rtasidagi bog'liqlikni tushuntiring. Nima uchun vitamin yetishmovchiligi kasallik beradi?
Katalizator ta'rifidan qanday ikki muhim xulosa kelib chiqadi? Ferment faolligini boshqarishning qanday usullari borligini asoslang.
Aktivlanish energiyasi nima va ferment unga qanday ta'sir qiladi?
Ferment-substrat (E–S) kompleksi nima va kataliz qanday bosqichlarda kechadi?
Qulf-kalit modelini va induktsiyalangan moslashuv modelini qiyoslang. Nima uchun ikkinchisi aniqroq?
Fermentlarni noorganik katalizatorlardan farqlovchi xususiyatlarni sanab bering va sharoit farqini izohlang.