Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Superoksiddismutaza (SOD) qanday reaksiyani va qanday mexanizm bilan bajaradi? Uning izoformalari qaysi metallarni saqlaydi va qayerda joylashgan?
Nima uchun SOD muammoni to'liq hal qilmaydi? Vodorod peroksidni qaysi fermentlar va qanday yo'llar bilan yo'qotadi?
Glutationning ikki shakli (GSH va GSSG) o'rtasidagi munosabatni tushuntiring. Sog'lom hujayrada muvozanat qaysi tomonga siljigan va nima uchun?
Antioksidant himoya nima uchun bilvosita glyukoza almashinuviga bog'liq? NADPH, glutationreduktaza va pentozafosfat yo'li orqali izohlang.
Etanolning oksidlanish tezligi qanday egri chiziq beradi va bu chiziqlilikning amaliy ma'nosi nima?
Etanolning ikki bosqichli oksidlanishini fermentlari va mahsulotlari bilan tavsiflang. Asetaldegidning ahamiyati nimada?
MEOS nima va u qaysi izoformaga asoslangan? Surunkali alkogol iste'moli nima uchun ikki tomonlama zarar yetkazadi?
Metanol zaharlanishida "o'limli sintez" hodisasini tushuntiring va format kislotasining klinik ta'sirlarini sanab bering.
Nima uchun metanol zaharlanishini fomepizol yoki etanol bilan davolashadi? Biokimyoviy mexanizmni bayon qiling.
Parasetamol metabolizmi terapevtik dozada va overdozada qanday kechadi? Nima uchun N-atsetilsistein antidot sifatida ishlaydi?
Gormonga ta'rif bering. Ichki sekretsiya bezlari tashqi sekretsiya bezlaridan nimasi bilan farq qiladi?
Gormonning uchta biologik belgisini sanab bering va har birini qisqacha izohlang.
Gormonlarni kimyoviy tabiatiga ko'ra qanday sinflarga bo'lish mumkin? Har bir sinfga misol keltiring.
Retseptor tushunchasini "qulf va kalit" qiyosi orqali tushuntiring. Nima uchun tireotropin faqat qalqonsimon bezga ta'sir qiladi?
Nima uchun steroid gormonlar qonda tashuvchi oqsillar bilan bog'langan holda yuradi, oqsil-peptidli gormonlar esa erkin aylanadi?
Gormonning kimyoviy tabiati nima uchun shunchaki tasnifiy belgi emas, balki uning butun ta'sir mexanizmini oldindan belgilaydi? Fikringizni izchil asoslang.
Membranali ta'sir mexanizmi qaysi gormonlarga xos? Gormonning o'zi hujayra ichiga kiradimi?
sAMF nima, u qanday hosil bo'ladi va qaysi ferment buni bajaradi?
sAMF hosil bo'lgandan keyin signal qanday davom etadi? Proteinkinazalarning rolini glyukogon misolida tushuntiring.
sAMF dan boshqa qanday ikkilamchi vositachilar yo'li mavjud? IP₃, DAG va kalsiyning rolini tushuntiring.