Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Tozalash va shakllantirish (cleaning and shaping) deganda nima tushuniladi va bu ishni qanday vosita bajaradi?
Kirish kovagini tayyorlash nima va u qanday vazifani bajaradi? To'g'ri chiziqli kirish tamoyilini tushuntiring.
Glide path nima? Uning ta'riflarini keltiring va u ochilmasa nima sodir bo'lishini tushuntiring.
Nima uchun kanalga shunchaki tozalash emas, balki voronkasimon shakl berish kerak? Ikki sababni tushuntiring.
Kanalga birinchi bo'lib qanday asboblar kiritiladi va nima uchun? Ishchi uzunlik qanday aniqlanadi?
Kanalni kengaytirishning to'g'ri ketma-ketligini bosqichma-bosqich bayon qiling va nima uchun bosqichni o'tkazib yuborish xavfli ekanini asoslang.
Rimerni tavsiflang: qanday ishlatiladi, novlari qanday joylashgan va uning belgisi qanday?
H-fayl (Hedström) qanday tayyorlanadi, qaysi yo'nalishda kesadi va nima uchun aylantirilsa oson sinadi?
Pulpaekstraktor (barbed broach) qanday tuzilgan va uning vazifasi nima?
Taper nima va klassik ISO qo'l fayllarida u qancha? Glide path ochish uchun qanday fayllar optimal hisoblanadi?
ISO rang kodlari 15 dan 40 gacha qanday tartibda joylashgan? Uch o'lchamlari qanday ifodalanadi — darsdagi tadqiqot namunasi misolida tushuntiring.
Rimer bilan K-faylning asosiy farqi nimada va bu farq ularning ishlatilishini qanday belgilaydi? Amaliyotda qanday holat kuzatiladi?
Asbobning mexanik xossalarini qanday omillar belgilaydi? K-faylning ideal xossalari va uning geometriyasi haqidagi tekshiruv natijalarini keltirib javob bering.
Servikal preparatsiyaning maqsadi nima va koronal flaring qanday bajariladi?
Gates-Glidden drilini tavsiflang: tuzilishi, o'lchamlari va ishlatilish tartibi qanday?
Peeso rimer (Largo) Gates-Glidden drilidan nimasi bilan farq qiladi va u qaysi klinik holatlarda ishlatiladi?
To'g'ri chiziqli kirish (SLA) atamasiga ta'rif bering va u qanday amalga oshiriladi.
Toj-kengaytiruvchi asbobni to'g'ri tanlash qoidalarini bayon qiling. Endo-Z tipidagi bor qanday tamoyilga asoslangan?
Gates-Glidden drilining bikrligi qanday asoratga olib keladi? Anti-kurvatura qoidasini mexanizmi bilan tushuntiring.
NiTi ning endodontiyaga kirib kelishi tarixini bayon qiling va uning asosiy afzalligini ko'rsating.