Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Cho'tkasimon hoshiyadagi disaxaridazalarga misollar keltiring va laktaza yetishmovchiligi nimaga olib kelishini tushuntiring.
Glyukoza/galaktoza va fruktozaning so'rilish mexanizmlari qanday farq qiladi?
So'rilgan monosaxaridlar va aminokislotalar qaysi yo'l bilan tashiladi va nima uchun ular avval jigarga boradi?
Yog' hazmi mahsulotlari so'rilgach nima uchun qon kapillyariga emas, limfa (lakteal) yo'liga o'tadi? Batafsil tushuntiring.
So'rilishning besh mexanizmini ikki guruhga (passiv va faol) ajratib tushuntiring va energiya manbaini ko'rsating.
Yo'g'on ichakning to'rt asosiy vazifasini sanab bering.
Ichak mikroflorasi organizmga qanday foyda keltiradi? Misollar bilan yozing.
Yo'g'on ichakda suv so'rilishi qanday mexanizm bilan boradi? Diareya bilan bog'lang.
Yo'g'on ichak motorikasidagi gaustral qisqarishlar va ommaviy harakatlarni taqqoslang.
Defekatsiya reflekesida ichki va tashqi anal sfinkterlarning roli qanday farq qiladi va bu funksional ikkilik nima uchun muhim? Bahslang.
Peristaltika nima va uning asosiy vazifasi nimadan iborat? Mexanizmini tushuntiring.
Hazm jarayonining olti bosqichini sanab, har biriga qisqacha izoh bering.
Hazm motorikasida qaysi harakatlar ixtiyoriy, qaysilari ixtiyorsiz boshqariladi? Misollar bilan tushuntiring.
Segmentatsiya bilan peristaltikani qiyoslang: ular maqsadi va harakat tabiati bilan qanday farq qiladi?
Qizilo'ngachdagi birlamchi va ikkilamchi peristaltika nima uchun farqlanadi? Ular qanday qo'zg'aladi?
Migratsiyalanuvchi motor kompleksi (MMK) qachon, qanday qo'zg'aladi va uning vazifasi nima? Uning buzilishi qanday oqibatga olib kelishi mumkin?
So'rilish nima? So'rilishning besh mexanizmini sanab bering.
Ingichka ichak yuzasi qanday uch darajada kengaytirilgan? Bu nima uchun muhim?
Moddalar epiteliydan o'tadigan hujayralararo yo'l va hujayra ichi yo'lini qiyoslang.
Suv ichakda qanday so'riladi va nima uchun uni mustaqil nasos bilan tashiladi deb bo'lmaydi?