Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Eritmaning ion kuchi qanday aniqlanadi? Formulani yozing va qismlarini izohlang.
Denaturatsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni sanab bering va har birining mexanizmini tushuntiring.
Kosmotrop ionlar nima va ular qanday ta'sir qiladi? Nima uchun laboratoriyada ammoniy sulfat afzal ko'riladi?
Denaturatsiya qaytarmi? Javobingizni yumshoq va qattiq sharoitlarni farqlab asoslang, misol keltiring.
Tuz bilan cho'ktirish va denaturatsiyani to'rt belgi (ta'sir etuvchi omil, tuzilishga ta'sir, qaytarlik, biologik faollik) bo'yicha qiyoslang va vysalivaniyening qaytarligini mexanizm bilan asoslang.
Biuret reaksiyasining printsipini tushuntiring va uni o'tkazish tartibini bayon qiling.
Ninhidrin va ksantoprotein reaksiyalarini tavsiflang. Har biri nimani aniqlaydi?
Albumin haqida nima bilasiz? Uning plazmadagi miqdori va onkotik bosimdagi roli qanday?
Uch sifat reaksiyasi (biuret, ninhidrin, ksantoprotein) nima uchun oqsil tarkibining turli qismlarini ko'rsatadi? Ularning sezgirlik farqini izohlang.
Elektroforez, proteinuriya tekshiruvi va Bens-Jons oqsili sinovi darsning qaysi fizik-kimyoviy printsiplariga tayanadi? Har birini mexanizmi bilan bog'lab tushuntiring.