Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Orqa miyaning ikki asosiy vazifasini sanab, har birini qisqacha tushuntiring.
Orqa miya nechta segmentdan iborat va ular qanday sohalarga bo'linadi? Segmentar tuzilishning funksional ma'nosini ayting.
Ko'ndalang kesimda orqa miyaning kulrang va oq moddasi nimadan iborat va nega ular shunday joylashadi?
Bell-Majandi qonunini tushuntiring va oldingi hamda orqa ildizning tola tarkibini solishtiring.
Refleks yoyining beshta bo'g'inini sanab, har birining vazifasini qisqacha izohlang.
Nima uchun lumbal punksiya bel sohasidan xavfsiz bajariladi? Orqa miya va umurtqa pog'onasi anatomiyasi asosida tushuntiring.
Alfa-motoneyron nimani innervatsiya qiladi va uning harakatdagi roli qanday?
Mushak duki nima va u qanday axborot beradi?
Alfa- va gamma-motoneyronlarning vazifalarini solishtiring.
Mushak duki va Golgi pay organi qanday farq qiladi va ular birga qanday ishlaydi?
Renshou hujayrasi qanday ishlaydi va uning harakat nazoratidagi ahamiyati nimada?
Alfa-gamma koaktivatsiya nima uchun zarur? Gamma-tizim bo'lmasa nima yuz berishini bashorat qiling.
Ko'tariluvchi va tushuvchi yo'llar nima vazifa bajaradi? Ularni qisqacha farqlang.
Orqa ustun yo'li (Goll va Burdax tutamlari) qanday sezgilarni o'tkazadi?
Spinotalamik yo'l va orqa ustun yo'li kesishish joyi bo'yicha qanday farq qiladi?
Piramidal (kortikospinal) yo'lning kelib chiqishini va piramidalar kesishishini tushuntiring.
Ekstrapiramidal tizimga kiruvchi yo'llardan uchtasini sanab, har birining vazifasini ayting.
Nega orqa ustun yo'z tomonida uzoq ko'tariladi, spinotalamik yo'l esa darhol kesishadi? Ularning vazifasi bilan bog'lang.
Monosinaptik refleks nima? Nima uchun u eng tez va eng ishonchli refleks hisoblanadi?
Pay (cho'zilish) refleksini tasvirlang va nega u miotatik refleks deb ataladi?