Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Ko'rish analizatorining uch bo'g'inini sanang va har birining vazifasini qisqacha izohlang.
Yorug'lik to'r pardaga yetguncha ko'zning qaysi shaffof muhitlaridan ketma-ket o'tadi?
Nima uchun aynan shox parda ko'zning eng kuchli sindiruvchi muhiti hisoblanadi? Uni gavhar bilan taqqoslang.
Ko'z devorining uch qavatini tuzilishi va vazifasi bo'yicha tavsiflang.
Fiziologik ko'r nuqta qanday paydo bo'ladi va nima uchun odatda uni sezmaymiz?
Dioptriya nima va ko'zning uzoqqa qaraganda umumiy sindirish kuchi qanchani tashkil etadi?
Akkomodatsiya nima va u qaysi tuzilmaning o'zgarishiga asoslanadi?
Yaqin narsaga qaraganda kipriksimon mushak, zonular tolalar va gavhar qanday holatga keladi? Mexanizmni izohlang.
Presbiopiya nima va uni tuzatish uchun qanday linza ishlatiladi?
Gipermetropiyaning sababini va korreksiyasini izohlang; nima uchun yosh gipermetropiklar nuqsonni qisman yashira oladi?
Refraksiya anomaliyalarini tuzatishning umumiy mantig'ini tushuntiring va uni miopiya hamda gipermetropiyaga tatbiq eting.
Astigmatizmning sababi nimada va u qanday linza bilan tuzatiladi?
Tayoqcha va kolbachalarni tashqi segmentining shakli, pigmenti va funksiyasi bo'yicha taqqoslang.
To'r pardadagi tayoqcha va kolbachalar soni va taqsimoti qanday? Bu farq nimaga ishora qiladi?
Nima uchun tunda yulduzni to'g'ridan-to'g'ri emas, biroz yon bilan qaraganda yaxshiroq ko'ramiz?
Fototransduksiya kaskadini qorong'idan yorug'gacha bosqichma-bosqich izohlang: retinal, cGMP, natriy kanallari va giperpolyarizatsiya.
Shabko'rlik nima va u qaysi vitamin yetishmovchiligi bilan bog'liq?
Fotoretseptorning yorug'likka javobi boshqa sezgi hujayralaridan qanday farq qiladi va bu keyingi neyronlarga qanday signal beradi?
Yung-Gelmgols uch komponentli nazariyasining mohiyatini tushuntiring.
Uch xil kolbachani sezgirlik cho'qqilari bo'yicha tavsiflang va rang sezgisi qanday hosil bo'lishini izohlang.