Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Nikoh tiplarini qanday ikki katta guruhga ajratamiz? Har biriga ta'rif bering.
Panmiksiya nima va u sharoitida allellar chastotasi bilan nima sodir bo'ladi?
Xardi-Vaynberg muvozanati qanday shartlarni talab qiladi va nima uchun u ideal etalon deb ataladi?
Autbriding qanday nikoh va u populatsiya genetik xilma-xilligiga qanday ta'sir qiladi? Nima uchun u geterozigotalar sonini oshiradi?
Musbat va manfiy assortativ nikohni misollar bilan farqlang.
Nima uchun musbat assortativ nikoh inbridingga o'xshash natija beradi, lekin undan qaysi jihat bilan farq qiladi?
Nima uchun qarindoshlar orasidagi nikoh noqulay retsessiv mutatsiyalarni bir joyga to'playdi?
Insest nima va nima uchun u barcha mamlakatlarda qonun bilan taqiqlangan?
Gomozigotalanish nima? Amakivachchalardan tug'ilgan bolada gen lokuslarining qancha qismi gomozigot bo'ladi?
Autosoma-retsessiv kasallik qanday namoyon bo'ladi? Ikkala ota-ona tashuvchi bo'lganda bola qanday ehtimollar bilan kasal yoki tashuvchi bo'ladi?
Nima uchun gomozigotalanishning butun tibbiy yuki dominant emas, retsessiv allellarga to'g'ri keladi?
Inbred depressiya nima va u qanday mexanizm orqali yuzaga keladi?
Genlar umumiyligi nima va amakivachchalar genlarining qancha qismini umumiy tutadi?
Nima uchun har avlodda genlar umumiyligi taxminan yarmiga kamayadi?
I daraja qarindoshlarga kimlar kiradi va ular genlarining qancha qismini umumiy tutadi?
Monozigot va dizigot egizaklar genlar umumiyligi bo'yicha bir-biridan qanday farq qiladi? Sababini tushuntiring.
Egizaklarni o'rganish kasallikda irsiy omilning ulushini aniqlashga qanday yordam beradi?
Proband kim va u tibbiy-genetik tekshiruvda qanday rol o'ynaydi?
Qarindoshlik koeffitsiyenti (r) nimani ko'rsatadi va amakivachchalar uchun u qanchaga teng?
Inbriding koeffitsiyenti (F) nimani ifodalaydi va u qaysi shaxs uchun aniqlanadi?