Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Portal gipertenziyada kollateral venalar nima uchun va qanday rivojlanadi? Ularning ensefalopatiya bilan bog'liqligini tushuntiring.
Nima uchun qizilo'ngach varikozi jigar kasalligida eng xavfli kollateral hisoblanadi? Chastota raqamlarini ham keltiring.
Splenomegaliya portal gipertenziyada nimani ko'rsatadi?
Assit hosil bo'lishida ishtirok etadigan mexanizmlarni zanjir shaklida tushuntiring.
O'tkir jigar etishmovchiligi qanday ta'riflanadi? Uni belgilaydigan mezonlarni keltiring.
Jigar komasi patogenezida markaziy o'rin tutadigan toksik modda qaysi va u organizmda qaerdan to'planadi?
Ammiak astrotsitlar orqali miyaga qanday ta'sir qiladi? Miya shishi mexanizmini tushuntiring.
Jigar komasini qo'zg'atadigan qo'shimcha omillarni sanab bering va ular umumiy nimani oshiradi?
Nima uchun ALT va AST fermentlari jigar funksiyasini emas, shikastlanishni aks ettiradi? Terminal etishmovchilikda fermentlar nega pasayishi mumkin?
Jigar ensefalopatiyasi ikki xil mexanizm bilan kelib chiqishi mumkin. Ularni tushuntiring va sirrozda nima uchun giperammoniemiya ayniqsa chuqur bo'lishini asoslang.
Sariqlik (ikterus) nima va u qanday biokimyoviy o'zgarish natijasida yuzaga keladi?
Bilirubin qayerdan hosil bo'ladi va qondagi bilirubinning taxminan qancha qismi qarigan eritrotsitlar gemoglobinidan kelib chiqadi?
Gem halqasidan bilirubin hosil bo'lishining bosqichlarini va bunda ishtirok etadigan fermentlarni tushuntiring.
Konyugatsiya jarayonining maqsadi nima? Nega organizm bilirubinni chiqarishdan oldin uni glyukuron kislota bilan bog'laydi?
Ichakka tushgan bevosita bilirubin qanday o'zgarishlarga uchraydi va enterogepatik tsikl nima ekanini tushuntiring.
Nima uchun bilvosita bilirubin siydikka chiqmaydi, lekin bevosita bilirubin chiqishi mumkin? Bu farqning ikkala shakl xossalari bilan bog'liqligini tushuntiring.
Mexanik (obturatsion) sariqlik nima va u bilirubin yo'lining qaysi bosqichidagi buzilish natijasidir?
Mexanik sariqlikda qonda qaysi bilirubin shakli asosan ortadi va nima uchun aynan shu shakl ortadi?
Mexanik sariqlikka olib keladigan o't yo'li to'siqlarining sabablarini ichki va tashqi guruhlarga ajratib sanab bering.
Mexanik sariqlikda najas nima uchun oqaradi, siydik esa nima uchun to'qlashadi? Har ikkala o'zgarishning mexanizmini tushuntiring.