Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Nima uchun Korti a'zosida transduksiya natriy emas, balki kaliy ionlariga tayanadi? Kimyoviy va elektr farqlar orqali batafsil izohlang.
Tonotopiya nima va u asosiy membrananing qaysi mexanik xossalari bilan bog'liq? Yuqori va past chastotalarning joylashuvini ayting.
Binaural eshitish nima degani va uning asosiy fiziologik ahamiyati nimada?
Eshitish yo'lining koklear yadrodan Geshl girusigacha bo'lgan asosiy bekatlarini tartib bilan sanang.
Eshitish yo'li nima uchun shuncha ko'p oraliq yadrodan o'tadi? Bosqichlarning qayta ishlash vazifalarini izohlang.
Tovush manbaining yo'nalishini aniqlashda quloq foydalanadigan ikki turdagi farqni tushuntiring va ular qaysi chastotalarda ustun bo'lishini ayting.
Nima uchun bir quloq eshitmay qolganda odam tovush manbasini topishda qiynaladi? Binaural mexanizm nuqtai nazaridan asoslang.
Rinne va Weber sinamalari nimani tekshiradi va ular karlik turini ajratishda qanday natija beradi?
Vestibulyar tizim qanday ikki turdagi harakatni sezadi va bu vazifa qaysi organlar o'rtasida taqsimlangan?
Makula nima va otolitlar qanday tuzilishga ega? Ularning otolit pardasidagi roli qanday?
Nima uchun vestibulyar tizim doimiy tezlikni emas, balki tezlanishni sezishini tushuntiring va bir tekis uchayotgan samolyot misolida izohlang.
Yarim doira kanallari boshning aylanishini qanday sezadi? Endolimfa, kupula va soch hujayralarining rolini bosqichma-bosqich tavsiflang.
Otolit organi og'irlik va chiziqli tezlanishni bir xil mexanizm bilan qanday kodlaydi? Inertsiya tushunchasi orqali batafsil izohlang.
Vestibulyar soch hujayrasi harakat yo'nalishini qanday kodlaydi? Depolarizatsiya va giperpolarizatsiyani solishtiring.
Vestibulyar kompleksning to'rtta asosiy yadrosini nomlang va ularning umumiy vazifasini ayting.
Vestibulyar qo'zg'alish keltiradigan uch xil reaktsiyani nomlang va har birini qisqacha tavsiflang.
Vestibulo-okular refleks (VOR) qanday ishlaydi va uning fiziologik ahamiyati nimada? Nima uchun u nihoyatda tez ishlaydi?
Dengiz kasalligini (kinetoz) izohlovchi eng keng tan olingan nazariyani tushuntiring va uning belgilarini sanang.
Nistagmusning ikki fazasini tushuntiring va tinch holatda paydo bo'lgan nistagmus nima uchun klinik ahamiyatga ega ekanini asoslang.
Vestibulyar trening qanday fiziologik asosga tayanadi va u qaysi kasb egalari uchun ayniqsa zarur?