Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Vaqt summatsiyasi va fazoviy summatsiyani o'zaro solishtiring: har biri kuchni qanday oshiradi?
Motor birliklarni jalb etish (rekrutment) qanday tartibda kechadi? O'lcham tamoyilini tushuntiring.
Izometrik va izotonik qisqarishni farqlang; izotonik qisqarishning turlarini va auksotonik qisqarishni tushuntiring.
Vvedenskiy kashf etgan optimum va pessimum hodisasini tushuntiring va pessimum tetanusdan qanday farq qilishini asoslang.
Silliq mushak nima uchun shunday nomlanadi, qayerda joylashadi va hujayralari qanday shaklga ega?
Dinamometriya nima va u klinik amaliyotda qanday holatlarni baholashda qo'llaniladi?
Silliq mushakdagi latch holati nima va u qanday afzallik beradi?
Silliq mushak qisqarishida kalmodulin va MLCK yo'lini bosqichma-bosqich tushuntiring.
Silliq mushakning ikki asosiy turini taqqoslang va avtomatiya hodisasini tushuntiring.
Yurak mushagini alohida o'rin egallashini tuzilishi, interkalar disklar va avtoritmiya nuqtai nazaridan tushuntiring.
Neyron qanday uch qismdan iborat va ularning har birining vazifasini qisqacha yozing.
Nima uchun soma neyronning metabolik markazi deb ataladi? Tushuntiring.
Dendritlar va akson qanday signal yo'nalishida farq qiladi? Afferent va efferent tushunchalari orqali yozing.
Neyronlar shakliga ko'ra qaysi to'rt turga bo'linadi va psevdounipolyar neyron nima uchun funksional jihatdan bipolyar neyronga yaqin turadi?
Funksiyasiga ko'ra neyronlarning uch guruhini sanang va ularning reflektor yoydagi o'rnini tushuntiring.
Monosinaptik va polisinaptik reflekslarni solishtiring: qaysi biri tezroq, qaysi biri moslashuvchanroq va nima uchun?
Asosiy glial hujayralarni sanab, ularning umumiy vazifalarini qisqacha yozing.
Mikrogliya boshqa glial hujayralardan kelib chiqishi jihatidan qanday farq qiladi va qanday vazifani bajaradi?
Astrotsitlarning qaysi vazifalari sinaps faoliyati va ichki muhit barqarorligini ta'minlaydi? Tushuntiring.
Mielin parda nimadan tashkil topgan va u qanday qilib izolyator vazifasini bajaradi?