Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Chilla infeksiyalari nima uchun ko'pincha polimikrobial va endogen xususiyatga ega? Asosiy qo'zg'atuvchilarni sanang.
Chilla infeksiyasi bachadonga qaysi uch yo'l bilan kiradi? Har birini qisqacha tavsiflang.
Sazonov-Bartels (1973) 4-bosqichli tasnifining bosqichlarini joylashuvi va kasallik shakllari bilan yozing.
Sepsis-3 (2016) ta'rifi SIRS asosidagi eski yondashuvdan qanday farq qiladi? qSOFA mezonlarini yozing.
omqSOFA nima uchun akusherlik populyatsiyasi uchun moslashtirilgan va uning mezonlari qanday?
Nima uchun klinik amaliyotda Sazonov-Bartels tasnifi va Sepsis-3 ta'rifi birgalikda qo'llaniladi?
Tug'ruqdan keyingi endometritning to'rtta tayanch klinik belgisini yozing va subinvolyutsiya nima ekanini tushuntiring.
Vulnus puerperale nimalarni o'z ichiga oladi va perineal yorilishning darajalarini yozing.
Chilla infeksiyasi rivojlanishida qaysi tug'ruq xavf omillari muhim ahamiyatga ega?
Tug'ruqdan keyingi endometritda empirik antibakterial sxemani va davolash davomiyligini yozing.
Loximetra nima, uning klinik belgilari va davolash tartibi qanday?
Endometritda antibiotik tanlash prinsipini ("empirik → toraytirish") tushuntiring.
Klindamitsin + gentamitsin fonida 48–72 soatda isitma pasaymasa, qaysi ikki holatni izlash va qanday davolash kerak?
2-bosqich nozologiyalarini (metrit, parametrit, salpingo-ooforit, pelvioperitonit) qisqacha tavsiflang.
Duglas bo'shlig'i nima va nima uchun pelvioperitonitda suyuqlik aynan shu yerda to'planadi?
2-bosqich nozologiyalarida empirik antibiotik va davolash davomiyligi qanday? Absess bo'lsa nima qo'shiladi?
Septik chanoq tromboflebiti nima, uning asosiy qo'zg'atuvchisi kim va tashxisdagi klinik ishora qanday?
Septik chanoq tromboflebitining "enigmatic fever" manzarasini va davolashini tavsiflang.
Tromboflebitning eng xavfli asorati nima, uning klinik belgilari, oltin standart tashxisi va davolashi qanday?
Akusherlik peritonitining klinik manzarasi va asosiy manbalari qanday?