Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Legionella qo'zg'atuvchisi qanday tarixiy voqea natijasida aniqlangan? Avlod qachon ta'sis etilgan?
Legionella avlodining umumiy mikrobiologik tavsifini bering va nima uchun uning tabiati yuqish yo'lini oldindan belgilashini tushuntiring.
Legionellaceae oilasining taksonomik o'rnini tavsiflang. "Monofiletik guruh" nima?
Legionella avlodidagi turlar va serogruppalar soni qanday? Bu xilma-xillik diagnostik strategiyaga qanday ta'sir qiladi?
Legionella hujayralarining morfologiyasini tavsiflang. Polimorfizm, xivchin va sporaning yo'qligi qanday ahamiyatga ega?
Nima uchun L. pneumophila oddiy Gram preparatida ko'pincha ko'rinmaydi va bu tashxisda qanday tuzoq tug'diradi? Qanday muqobil usul qo'llaniladi?
"Injiq (fastidious) bakteriya" atamasini Legionella misolida tushuntiring.
Legionella o'sishi uchun qanday asosiy omillar zarur va bu talab diagnostik jihatdan qanday qiymatga ega?
BCYE agar nima, uning tarkibidagi komponentlar qanday vazifa bajaradi va identifikatsiya qanday tasdiqlanadi?
GVPC qo'shimchalari nima uchun va qachon ishlatiladi?
Legionella kulturasining inkubatsiya sharoiti va davomiyligi qanday? Bu davomiylikning amaliy oqibati nima?
Legionellaning tabiiy yashash joyi uning laboratoriya xususiyatlarini qanday izohlaydi? Harorat omilining profilaktik ahamiyatini ko'rsating.
"Fakultativ hujayra ichi paraziti" nima degani va Legionellaning serogruppalari klinik jihatdan qanday taqsimlangan?
Dot/Icm tizimi nima va u qanday vazifa bajaradi? "Effektor oqsillar" nima?
Legionella makrofag ichida qanday omon qoladi? Legionella-saqlovchi vakuola (LCV) va lizosomaning rolini tushuntiring.
Nima uchun legionellyoz patogenezini "markaziy paradoks" deb atash mumkin? Fagotsitoz jarayoni bilan bog'lab tushuntiring.
Lipopolisaxarid (LPS) ning Legionella patogenezidagi ikki tomonlama rolini tushuntiring.
Legionellaning tabiatdagi rezervuari nima va amyoba bilan makrofag o'rtasidagi o'xshashlik nima uchun legionellyozni tushunishning kalitidir? Bunga qanday amaliy va davolash oqibatlari bog'liq?
Legionellyozning asosiy yuqish yo'llarini bayon qiling. Nima uchun bemorni izolyatsiya qilish emas, suv manbasini zararsizlantirish hal qiluvchi chora hisoblanadi?
Sovutgich minoralari nima va ular legionellyoz epidemiologiyasida qanday o'rin tutadi? Aspiratsiya yo'lini ham izohlang.