Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Markaziy va periferik asab tizimida mielinni qaysi hujayralar hosil qiladi va ular bir-biridan qanday farq qiladi?
Ranve bo'g'imlari nima va nima uchun harakat potensiali faqat shu nuqtalarda hosil bo'la oladi? Klinik jihatdan mielin shikastlanishi nimaga olib keladi?
Periferik nervda endonevriy va perinevriy nimalarni o'raydi? Ularning vazifasini yozing.
Nerv tolalarining o'tkazish tezligini belgilaydigan ikkita asosiy belgini yozing.
Akson diametri o'tkazish tezligiga qanday ta'sir qiladi? Sababini tushuntiring.
Dekrementsiz o'tkazilish nima va u qanday mexanizm hisobiga ta'minlanadi?
Nerv tolalari A, B va C tiplarga qanday mezonlar asosida sinflanadi va har bir tipga qanday tolalar kiradi?
Saltator o'tkazilish qanday kechadi va nima uchun u faqat mielinli aksonlarga xos hamda tezlikni oshiradi? Ikki sharoitni ko'rsating.
Sinaps nima va u qanday uch qismdan iborat? Har bir qismni yozing.
Elektrik sinapsda signal qanday uzatiladi va nima uchun u juda tez ishlaydi?
Miyaning asosiy qo'zg'atuvchi va tormozlovchi mediatorlarini nomlab, ular qanday postsinaptik potensial hosil qilishini yozing.
Kimyoviy sinapsda sinaptik kechikish nima va u nima uchun paydo bo'ladi? Uning foydali tomoni qaysi?
Kimyoviy sinapsda kalsiy ionlari qanday rol o'ynaydi? Mediator ajralishigacha bo'lgan bosqichlarni tushuntiring.
EPSP va IPSP qanday farq qiladi va neyronning harakat potensiali hosil qilishi nimaga bog'liq? Ularning membrana potensialiga ta'sirini tushuntiring.
Nerv-muskul sinapsi nima va nima uchun undagi aloqa juda aniq kechadi?
Motor plastinka nima va uning tuzilishi qanday xususiyatga ega?
Nerv-muskul sinapsida atsetilxolin ajralishidan mushak depolyarizatsiyasigacha bo'lgan bosqichlarni ketma-ket yozing.
Atsetilxolinesteraza fermenti qanday vazifani bajaradi va nima uchun uning faoliyati zarur?
Kurare qanday mexanizm bilan mushak falajini keltirib chiqaradi? Uning atsetilxolin bilan munosabatini tushuntiring.
Atsetilxolinesteraza inhibitorlari sinapsda qanday ta'sir ko'rsatadi va nima uchun ular miasteniya gravisni davolashda ishlatiladi?