Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Servisitning klinik ko'rinishini bayon eting. Nima uchun xlamidiya infeksiyasi tashxisi qiyin?
Servisit diagnostikasining oltin standarti nima? Qin ajralmasi servisitni bashorat qila oladimi?
Servisitning empirik davosini keltiring va nima uchun ikkala qo'zg'atuvchi bir vaqtda qamrab olinadi? Homiladorlikda qanday o'zgaradi?
Genital mikoplazma va ureaplazmalarning klinik maqomi qanday? Ular JYUI qo'zg'atuvchisimi?
Mikoplazma va ureaplazma qanday hollarda davolanadi va qachon davolash ko'rsatilmaydi?
JSSTning 2021-yilgi sindromik algoritmi qanday klinik vaziyat uchun mo'ljallangan?
Qindan ajralma bilan murojaat qilgan bemorda 'yetti minutlik klinik fikrlash zanjiri'ning bosqichlarini sanab bering.
Bakterial vaginoz, vulvovaginal kandidoz va trixomoniazni qin pH va ajralma xarakteri bo'yicha taqqoslang.
JSST 2021 sindromik tavsiyasiga ko'ra qindan ajralma bilan murojaat qilgan bemorda birinchi tashrifning o'zida qanday davolash boshlanadi?
Sindromik algoritmning kuchli va zaif tomonlarini baholang. Uni qo'llashda qanday ehtiyot choralari zarur?
Ayol jinsiy a'zolari yallig'lanish kasalliklari qachon 'spetsifik' deb ataladi va ular nospetsifik yallig'lanishlardan qanday farqlanadi?
Qin ajralmasi sindromida sindromik yondashuv nima va qabuldagi qaysi ikki tezkor test davolash yo'nalishini belgilaydi? Tashxisning eng ishonchli usuli qaysi?
CDC bo'yicha JYUI skrining tavsiyalarini keltiring va nima uchun yoshlar hamda homilador ayollar alohida guruh hisoblanadi?
Gonoreyaga ta'rif bering va qo'zg'atuvchisining morfologik xususiyatlarini keltiring. Nima uchun infeksiya bachadon bo'yni kanalidan boshlanadi?
Gonoreyaning klinik ko'rinishini keltiring. Kasallik ayollarda qanchalik tez-tez simptomsiz kechadi va inkubatsion davri qancha?
Gonoreya patogenezini tushuntiring: gonokokk qanday adgeziya qiladi va davolanmagan servitsit qanday asoratlarga olib keladi?
Gonoreyaning davolashini (vazn asosida) keltiring. PID rivojlanganda ambulator sxema qanday va statsionarga yotqizish ko'rsatmalari nimalar?
Xlamidiozga ta'rif bering va qo'zg'atuvchisining biologik xususiyatlarini keltiring.
Xlamidiya patogenezini tushuntiring. Hujayra ichidagi rivojlanish sikli qancha davom etadi va Fitz-Hugh-Curtis sindromi nima?
Xlamidiozning klinik ko'rinishi nima uchun xavfli va tashxisning oltin standarti qaysi?