Ochiq savollar bazasi
Savollar imtihon tizimidan o'qiladi — hech narsa nusxalanmaydi. Sayt kuniga bir marta yangilanadi, shuning uchun imtihon bo'limi o'zgartirgan savol bu yerda ertasi kuni paydo bo'ladi.
Antepartum qon ketish qaysi ikki katta guruhga ajratiladi? Har biriga misollar keltiring.
Nima uchun 22 haftadan keyin qon ketgan ayolda UTT dan oldin barmoq bilan qin ko'rigi taqiqlanadi?
ABCDE algoritmi bo'yicha nima uchun sabab izlashdan oldin jonlantirish boshlanadi? Transport vaqtida ayol nima uchun chap yon tomonga buriladi?
Shok indeksi nima, uning normal qiymati qancha va homiladorlikda u nima uchun ayniqsa muhim?
Nima uchun onadagi klinik belgilar qon yo'qotish hajmini har doim to'liq aks ettirmaydi? KTG da qaysi belgilar homila beqarorligini ko'rsatadi?
NJYBK (yo'ldoshning barvaqt ko'chishi) nima va uning o'zini o'zi kuchaytiruvchi mexanizmini tushuntiring.
NJYBK ning ochiq, yashirin va aralash shakllarini tavsiflang.
NJYBK ning to'rtta klassik klinik belgisini sanab bering.
NJYBK ning to'rt darajali (0–3) tasnifini tushuntiring. Nima uchun ona tashqi qon ketishsiz ham 3-darajada bo'lishi mumkin?
NJYBK ning asosiy xavf omillari va tug'ruq jarayonidagi mexanik triggerlarini ayting.
NJYBK da boshqaruv taktikasi qaysi omillarga bog'liq? Barqaror va beqaror holatlarda taktika qanday farq qiladi?
Couvelaire bachadoni nima, u qanday mexanizm bilan rivojlanadi va gisterektomiya har doim shartmi?
Placenta praevia nima va uning klassik klinik manzarasi qanday?
Placenta praevia tashxisida qaysi usul oltin standart hisoblanadi va nima uchun?
Placenta praevia klassik to'rt darajali va zamonaviy ikki darajali tasnifini tushuntiring.
Placenta praevia etiologiyasini tushuntiring: nima uchun yo'ldosh pastda joylashadi?
Placenta praevia "migratsiyasi" fenomeni nima va u boshqaruvga qanday ta'sir qiladi?
Placenta accreta spektri (PAS) nima, uning uch darajasini ayting va kesarcha kesish soni bilan xavfi qanday bog'liq?
Vasa praevia nima va nima uchun u yashirin xavf hisoblanadi?
Vasa praeviada antenatal tashxis perinatal natijaga qanday ta'sir qiladi?