ZARMED universitetida xalqaro konferensiya bo'lib o'tadi
ZARMED universiteti professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar va mustaqil izlanuvchilar uchun «Sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazadi.
Konferensiya doirasida ishtirokchilar sun'iy intellektning iqtisodiyot, ta'lim, tibbiyot va boshqa sohalarda qo'llanilishi, innovatsion texnologiyalar hamda kelajakdagi istiqbollarni muhokama qiladi.
📄 Eng yaxshi maqolalarni xalqaro ilmiy jurnallarda chop etish va Google Scholar'da indekslash rejalashtirilgan.
📅 Qachon: 17–18-aprel
📍 Qayerda: Samarqand kampusi
Ilmiy bilim va tajriba almashishning ushbu ajoyib imkoniyatini qo'ldan boy bermang!