ZARMED universitetida korrupsiyaning har qanday ko'rinishi taqiqlanadi ❗️
Universitetda o'quv jarayoni va xizmat faoliyatini tashkil etishning qat'iy tartibi o'rnatilgan. Barcha professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, universitetning ichki normativ hujjatlariga hamda belgilangan qoida va tartiblarga qat'iy rioya qilishlari shart.
Har qanday qonunga xilof moddiy rag'batlantirish, pora berish yoki olish, shuningdek poraxo'rlikda vositachilik qilish korrupsiyaviy huquqbuzarlik hisoblanadi va O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210, 211 va 212-moddalariga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.
Agar siz tovlamachilik, pul talab qilish yoki boshqa korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, darhol universitet ma'muriyatiga (12-xona) murojaat qilishingiz mumkin. ⚡️
Universitet barcha murojaatlarning maxfiyligini kafolatlaydi va har bir murojaatni qonunda belgilangan tartibda ko'rib chiqadi.
Aloqa raqamlari:
Samarqand kampusi uchun:
📞 +998775072666
@zarmed_komplaens
Buxoro kampusi uchun:
📞 +998973077205
Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati bo'limi