Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovich Zaripov ZARMED universitetiga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratilishi e'lon qilingan edi. Ushbu tashabbusga ko'ra, endilikda har payshanba mamlakat bo'ylab «Yoshlar kuni» sifatida nishonlanadi.
Shu tashabbus doirasida Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovich Zaripov ZARMED universitetining Buxoro kampusi talabalari bilan uchrashdi.
🎤 Ochiq muloqot davomida hokim talabalar bilan suhbatlashib, ular qiziqadigan kasb va sohalar bilan tanishdi. Talabalar kasbiy amaliyot, o'zlari yashaydigan hududda tadbirkorlikni boshlash uchun beriladigan imtiyozlar hamda yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash dasturlari haqida savollar berdi.
Tadbir yakunida talabalar bildirgan takliflar inobatga olinib, ularni kelgusida amalga oshirish yo'nalishlari belgilandi.
ZARMED universiteti jamoasi va talabalari nomidan yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazgani, ularning tashabbus va takliflarini qo'llab-quvvatlagani uchun hokim Botir Komilovich Zaripovga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.