ZARMED universitetida deputat va talabalar uchrashuvi bo'lib o'tdi ⚡️
ZARMED universitetida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz tadqiqotchisi, biologiya fanlari nomzodi, dotsent Zebiniso Raxmanova va talabalar o'rtasida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari, ta'lim tizimini rivojlantirish, innovatsion loyiha va startaplarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda oliy ta'lim muassasalarining o'rni muhim ekani ta'kidlandi.
Tadbir yakunida davra suhbati hamda savol-javob bo'lib o'tdi. Unda talabalar startaplarni moliyalashtirish, yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash va zamonaviy kasblarni o'rganish borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Uchrashuv samimiy va ochiq muhitda o'tdi. 🔥