ZARMED universitetida kampuslararo fan olimpiadasi o'tkaziladi
ZARMED universitetida Muhandislik, iqtisodiyot va gumanitar fanlar instituti talabalari uchun fan olimpiadasi o'tkaziladi. Olimpiada 11 ta fan bo'yicha tashkil etiladi: o'zbek tili, ingliz tili, nemis tili, koreys tili, rus tili, psixologiya, IT dasturlash, matematika, arxitektura, tibbiy va biologik fizika hamda iqtisodiyot.
🏆 Har bir fan bo'yicha II bosqich g'oliblari ZARMED xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi.
📅 Qachon: 30-mart, dushanba, soat 10:00 da
📍 Qayerda: Buxoro va Samarqand kampuslari
Olimpiadada ishtirok etish uchun tegishli kafedraga murojaat qiling.