Tibbiyot va bioinjeneriya instituti talabalari diqqatiga!
ZARMED universitetida Tibbiyot va bioinjeneriya instituti talabalari uchun kampuslararo fan olimpiadasi o'tkaziladi.
📚 Fundamental fanlar:
• Odam anatomiyasi
• Fiziologiya
• Patologik fiziologiya
• Patologik anatomiya
• Tibbiy biologiya
• Gistologiya, patologiya va embriologiya
• Tibbiy kimyo
• Farmakologiya va farmatsiya
🏥 Klinik fan:
• Restavratsion stomatologiya
Olimpiada fundamental va klinik fanlar bo'yicha o'tkaziladi. Ishtirokchilar yozma va og'zaki javoblar, vaziyatli (keys) masalalar hamda amaliy ko'nikmalar orqali baholanadi.
🏆 Ikkinchi bosqich g'olibi bo'lgan 9 nafar talaba 24-aprel kuni bo'lib o'tadigan tibbiyot oliy ta'lim muassasalari talabalarining «ZARMED-2026» II xalqaro olimpiadasida universitet nomidan ishtirok etadi.
📅 I bosqich — 28-mart (Samarqand va Buxoro kampuslari)
📅 II bosqich — 4-aprel (Samarqand va Buxoro kampuslari)
Olimpiadada ishtirok etish uchun tegishli kafedra mudirlariga murojaat qiling.