ZARMED universitetida Xalqaro talabalar forumi bo'lib o'tadi
15–17-aprel kunlari ZARMED universitetining Samarqand kampusida «Talabalar ta'limi, rivojlanishi va madaniyatlararo muloqoti uchun maydon» mavzusida Xalqaro talabalar forumi o'tkaziladi.
Forum dasturi:
🏅 Xalqaro talabalar olimpiadasi (15–16-aprel)
📝 Xalqaro konferensiya (17-aprel)
Olimpiada quyidagi yo'nalishlarda tashkil etiladi:
o'zbek tili, ingliz tili, nemis tili, koreys tili, rus tili, psixologiya, IT dasturlash, matematika, arxitektura, tibbiy va biologik fizika hamda iqtisodiyot.
Konferensiya tilshunoslik, muhandislik va iqtisodiyot yo'nalishlaridagi ilmiy shu'balar shaklida o'tkaziladi. Har bir ishtirokchiga elektron sertifikat beriladi.
📌 Forumda ishtirok etish uchun 2026-yil 5-aprelgacha ro'yxatdan o'tish talab etiladi.