«Uch avlod uchrashuvi» mavzusida mahorat darsi muvaffaqiyatli o'tkazildi
Universitetimizning Samarqand kampusida tibbiyot fanlari nomzodi, yuqori malakali jarroh Ilhom Umruzakovich Umruzakov tomonidan «Uch avlod uchrashuvi» mavzusida mahorat darsi o'tkazildi.
Tadbir davomida talabalar tibbiyot sohasida avlodlar o'rtasida bilim va tajriba almashinuvi haqida batafsil ma'lumot oldi hamda kasbni rivojlantirishning yangi yo'nalishlarini muhokama qildi.